Rossiyada bir universitetning litsenziyasi bekor qilindi

Ta’lim sohasida nazorat bo‘yicha federal xizmati bir oliy o‘quv yurtining litsenziyasini bekor qilib, yana beshta universitetga ogohlantirish berdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

 

 

“Ta’lim sohasida nazorat bo‘yicha federal xizmat tashkiloti “Alohida faoliyat turlari litsenziyalash to‘g‘risida”gi federal qonunga muvofiq, AOOO VU “Yakutsk gumanitar instituti”ning ta’lim faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha litsenziyasini bekor qildi,” — deyiladi bayonotda.

 

Bundan tashqari, idora beshta universitetga ta’lim sohasidagi federal davlat nazorati doirasida majburiy talablarni buzmaslik bo‘yicha ogohlantirish bergan. Ushbu oliygohlar quyidagilar:

 

 

– Sankt-Peterburg milliy tadqiqot akademik universiteti (Alferov nomidagi, Rossiya Fanlar Akademiyasi);

 

– Ilmiy-tadqiqot tibbiyot instituti “Astra-Sfera”;

 

– MGIMO-MED tibbiyot universiteti;

 

– “Reaviz” tibbiyot universiteti;

 

– Shimoliy Kavkaz xalqlar do‘stligi instituti.

 

 

Ta’lim sohasida nazorat bo‘yicha federal xizmati xabariga ko‘ra, ogohlantirishlar majburiy talablarni bajarilishi ustidan olib borilgan monitoring (xavfsizlik tekshiruvi) natijalari asosida e’lon qilingan.

 

 

Ma’lumot o’rnida, Roso‘brnazorat — bu Rossiyada faoliyat yurituvchi “Ta’lim sohasida nazorat va kuzatuv bo‘yicha federal xizmat” (Рособрнадзор) qisqartmasi. Ushbu tashkilot Rossiya Federatsiyasida ta’lim sohasidagi qonunlarning bajarilishini nazorat qilish, ta’lim muassasalarining faoliyatini monitoring qilish, litsenziyalash va akkreditatsiya masalalarini hal qilish bilan shug‘ullanadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры