Kasbiy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifa berish uchun pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjatlar qabul qilinmoqda.
pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (One ID)dan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Eslatma! Belgilangan tartibga koʻra, pedagog kadrlardan hujjatlar qabul qilish joriy yilning 1-mart sanasida to‘xtatiladi.