12-sinf o‘quvchisi Dehlidagi 23 maktabga bomba tahdidi bilan elektron xat yuborgani aniqlandi

Xabaringiz bor, 2024-yilning dekabr oyida Dehlidagi bir necha maktablar bomba bilan tahdid qilinuvchi xatlar olgani haqida ma’lum qilgan edik.

 

Dehli politsiyasi bir necha kun davomida poytaxtdagi o‘nlab maktablarga bomba tahdidi haqida xabar yuborganlikda gumon qilingan 12-sinf o‘quvchisini qo‘lga oldi, — deb xabar berdi ANI axborot agentligi.

 

 

9-yanvar kuni Dehlidagi o‘nta ta’lim muassasasi bomba tahdidi haqida xabar oldi. Bu holat ketma-ket sodir bo‘lgan tahdidli voqealarning bir qismidir. PTI yirk axborot agentligi xabariga ko‘ra, oxirgi kunlarda o‘quv jarayonini izdan chiqaruvchi shunday tahdidlar ko‘paygan.

 

 

Janubiy Dehli politsiyasi boshlig‘i Ankit Chouhanning ma’lum qilishicha, gumondor oxirgi haftalarda 23 ta tahdidli elektron xat yuborgan. So‘roq paytida o‘quvchi ilgari ham shunday tahdidlarni amalga oshirganini tan olgan.

 

 

NDTV manbalariga ko‘ra, voyaga yetmagan o‘quvchi maktab imtihonlarini topshirmoqchi emasligi sababli tahdidlar orqali sarosima yaratib, imtihonlarni bekor qilishga uringan.

 

 

Dehli politsiyasi maktablardagi xavfsizlikni ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rayotganini va voqea sabablarini to‘liq o‘rganayotganini bildirdi. Shu bilan birga, maktab rahbariyatlariga va ota-onalarga xotirjamlik saqlash va xavfsizlik choralari bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры