pedagog.uzedu.uz platformasi bu pedagoglarni attestatsiya kasbiy sertifikat olish va boshqa tanlovlarda ishtirok etish uchun ariza yuborish olingan sertifikatlarni ko’rish hamda boshqa amallarni bajarish imkonini beruvchi tizim hisoblanadi.
Tizimga kirish uchun ONE ID dasturidan foydalaniladi. Faqat ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilar tizimga kirishi mumkin. Tizimga kirganda avtomatik ravishda profil bo’limi ochiladi. Ushbu bo’limda pedagog o’zining shaxsiy ma’lumotlari, ish joyi va kontaktlarini ko’rishi va tahrirlashi mumkin.
«Sertifikatlarim bo’limi» pedagog tomonidan olingan barcha sertifikatlar va ularning ma’lumotlari ko’rsatiladi. QR kodni skanerlash orqali sertifikatning haqiqiyligini tekshirish mumkin.
Tanlovlarda ishtirok etish uchun «Arizalar bo’limi» ga o’tiladi. Ushbu bo’limda pedagog tomonidan yuborilgan barcha arizalar va ularning tafsilotlari aks etadi.
Yangi ariza yuborish uchun «ariza yuborish» tugmasi bosiladi. Ochilgan oynada pedagog uchun mavjud tanlovlar ro’yxati ko’rsatiladi. Attestatsiyada ishtirok etish uchun «attestatsiya tanlovi» tanlanadi va «keyingi» tugmasi bosiladi. Ariza shaklida shaxsiy ma’lumotlar va tashkilot ma’lumotlari avtomatik to’ldiriladi. Agar pedagog bir nechta muassasada faoliyat yuritayotgan bo’lsa u muassasani tanlashi mumkin.
Fan va til tanlanganidan so’ng, pedagogning toifa sertifikati mavjud bo’lsa tizimda uning amaldagi toifasi va sertifikat ma’lumotlari avtomatik ko’rsatiladi. Agar sertifikat tizimda aks etmasa pedagog hududiy boshqarmaga murojaat qilishi kerak.
Pedagog mutaxassis bo’lsa, amaldagi toifasi tanlovida «mutaxassis» belgisini tanlashi kerak. Tanlangan fan va toifa asosida attestatsiya turi avtomatik tarzda to’ldiriladi, faqat to’g’ridan to’g’ri shaklda ariza beruvchilar attestatsiya turini o’zgartirishi mumkin.
Shuningdek, «qo’shimcha ma’lumot», «qayta aloqa uchun telefon raqami» va «elektron pochta manzili»ni to’ldirish shart.
Ariza muvaffaqiyatli yuborilgandan so’ng attestatsiya turi navbatdan tashqari attestatsiya bo’lgan pedagoglar to’lovni amalga oshirishi talab etiladi. To’lovni amalga oshirish uchun ariza yonida «to’lov qilish» tugmasi bosiladi va mos to’lov usuli tanlanadi.
Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun BHMning bir baravari miqdorida toʻlov qilinadi. Bunda toʻlov miqdori quyidagicha:
– davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda BHMning 100 foizini (hozirgi kunda 375.000 soʻm);
– pedkadr.uzedu.uz yoki pedagog.uzedu.uz – platformasi orqali murojaat etilganda, BHMning 90 foizini (hozirgi kunda 337.500 soʻm);
– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda, murojaat etilganda BHMning 90 foizini (hozirgi kunda 337.500 soʻm) tashkil etadi.
Eslatma! Navbatdagi-majburiy attestatsiyada ishtirok etganda toʻlov qilinmaydi.
Bundan tashqari qo’shimcha kvitansiya orqali to’lov hujjatlarini tizimga yuklash imkoniyati mavjud. Yuborilgan arizani bekor qilish uchun «bekor qilish» tugmasi bosiladi. Ochilgan oynada bekor qilish sababi ixtiyoriy tarzda to’ldiriladi va «bekor qilish tugmasi» bosiladi.
Eslatma! To’lov qilingan arizalar bekor qilinsa to’lov summasi qaytarilmaydi. Agar attestatsiya yoki boshqa tanlovlar bo’yicha shikoyat mavjud bo’lsa «apellyatsiya bo’limi» ariza yuborish mumkin.
Eslatma! Apellyatsiya arizasi test sinovlarida qatnashgan kundan boshlab o’n kun ichida yuborilishi shart!
Batafsil videoda:
