Xabaringiz bor, A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida 2024-yil fevral oyidan boshlab maktab direktorlari va direktorlikka nomzodlar uchun menejerlik o‘quv kurslari tashkil etilgan edi.
Vazirlar Mahkamasining 27.08.2024 yildagi 531-sonli qaroriga muvofiq, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori lavozimiga yuqori malakali, zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lgan kadrlarni tayinlash tizimini joriy etiladi.
Unga ko’ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab, Malaka oshirish institutida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi davlat maktabgacha taʼlimi tashkiloti (MTT) direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kursida oʻqitish va ularga maxsus portal orqali menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi joriy etiladi.
2025-yil 1-sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan MTT direktoriga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik 30 foiz qoʻshimcha ustama toʻlanadi.
2025-yil 1-yanvarga qadar direktor lavozimida ishlab kelayotgan xodimlarni oʻqitish va sertifikat olish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan.
