Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi

“Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasini tashkil etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qarorga koʻra, quyidagilar tashkil etiladi:

 

– yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi;

– Akademiya tarkibida ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, oʻquv-simulyatsion markaz va mehmonxona.

 

Nukus shahrida joylashgan davlat va nodavlat davolash-profilaktika muassasalari Akademiyaning klinik bazasi hisoblanadi.

 

 

Quyidagilar Akademiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan:

 

– tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

– tashxislash va davolashning yuqori texnologiyali innovatsion usullarini amaliyotga joriy etish;

– telemeditsina texnologiyalaridan keng foydalanish uchun sharoitlar yaratish.

 

 

2025-2026 oʻquv yilidan Akademiyada klinik ordinaturada yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash boshlanadi. 2025-yil 1-oktyabrdan Akademiya faoliyati toʻliq yoʻlga qoʻyiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры