Qirg‘izistonda davlat tilida xizmat ko‘rsatmaganlik uchun jazo kiritilishi mumkin

Qirg‘iziston Davlat tili bo‘yicha Milliy komissiyasi, mamlakatdagi muassasalar va xizmat ko‘rsatish obyektlarida mijozlarga davlat tilida xizmat ko‘rsatmaganlik uchun javobgarlikni belgilashni taklif qilmoqda. Bu haqda komissiya rahbari Melis Murataliyev 25 dekabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

 

 

Komissiya rahbari so‘ziga ko‘ra, fuqarolar tomonidan kafe, restoran va boshqa xizmat ko‘rsatish joylarida xodimlarning faqat rus tilida xizmat ko‘rsatishiga oid ko‘plab shikoyatlar kelib tushmoqda.

 

Murataliyevning ta’kidlashicha, hozirgi qonunlarga ko‘ra, har qanday qonun buzilishi uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan bo‘lsa-da, davlat tili bilan bog‘liq qonunlarda bunday norma mavjud emas va hech kim bu borada jismoniy javobgarlikka tortilmagan.

 

 

“Biz bu yil Kodeksga davlat tili bo‘yicha yangi norma kiritishni taklif qilmoqdamiz. Bir-ikki marta jazolashdan so‘ng, ishonamanki, odamlar o‘zlarini tuzatadilar”, — dedi Melis Murataliyev.

 

Taklif etilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat va xususiy sektor tashkilotlari, shuningdek xizmat ko‘rsatish muassasalari, mijozlarga davlat tilida xizmat ko‘rsatmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

 

 

Hozirgi davlat tili to‘g‘risidagi qonunga binoan, fuqarolarni xizmat ko‘rsatish jarayonida qirg‘iz tilidan foydalanish majburiy, lekin rasmiy yoki boshqa tilga ham murojaat qilish mumkin. Shuningdek, tovarlar va xizmatlar reklamasi ikki tilda taqdim etilishi shar

 

 

Ma’lumot o’rnida, 2024 yil iyul oyida prezident tomonidan “Davlat tili to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun imzolagan. Parlament esa ushbu hujjatni 31 mayda qabul qilgan edi. Yangi qonunda davlat tilining qo‘llanilishi sohalari yanada aniq belgilangan, jumladan, qirg‘iz tili davlat organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish va davlat korxonalari uchun ishchi til sifatida belgilangan. Shuningdek, davlat xizmatchilari, deputatlar, o‘qituvchilar, sudyalar, prokurorlar, advokatlar va tibbiyot xodimlari uchun qirg‘iz tilini bilish shartligi ta’kidlangan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры