Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 11.12.2024-yildagi 03-14-3735-sonli xati bilan “Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning olgan malaka toifalari fanlar kesimida tatbiq etilishi boʻyicha” ma’lumot taqdim etildi.
Shuningdek, 5-11-sinflarda “Tarbiya” fanidan dars beradigan “Tarix”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va huquq”
mutaxassisligiga ega oʻqituvchilarga “Tarbiya” fanidan malaka toifasi boʻlmagan hollarda amaldagi
malaka toifasiga tatbiq etilishi belgilangan.
Bunda, “Tarbiya” fanidan dars oʻtish huquqiga ega boʻlgan oʻqituvchilarda bir vaqtning oʻzida “Tarbiya”
hamda tegishli fanlardan malaka toifalari boʻlsa, bunda “Tarbiya” fanidan dars berganda faqatgina ushbu
fan boʻyicha malaka toifasi tatbiq etiladi.