Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 282-sonli buyrugʻida mazkur meʼyorlar belgilangan.
Pedagog va xodimlarga taʼlim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi:
– jamoa aʼzolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zoʻravonlik koʻrsatish;
– oʻquvchilarni dars mashgʻulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;
– “Chiqish” qoʻngʻirogʻi chalingandan keyin oʻquvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish;
– dars mashgʻulotlarida diniy tashviqot olib borish;
– taʼlim muassasasiga spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan holda kelish;
– taʼlim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish;
– muassasa hududi va binosida oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasiga aloqasi boʻlmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish;
– taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashgʻulotlari vaqtida oʻtkazish.
Manba: Yurist maslahati