Olmaliqdagi bogʻchalardan birida bogʻcha opa bolani urdi — agentlikdan munosabat

Xabaringiz bor, Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi bogʻchalardan birida gapirolmaydigan bolani bogʻcha opasi jazolagani tasvirlangan video tarqalgani haqida xabar bergan edik.

 

Bu bo’yicha Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi o’z munosabatini bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, holat Olmaliq shahar 19-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maxsus davlat maktabgacha ta’lim muassasasida 2024-yilning 22-noyabr kuni tarbiyachi Q.D. tomonidan tarbiyalanuvchi Olmaliq shahar H.Olimjon MFYda yashovchi 2020-yilda tug‘ilgan S.A. ga nisbatan sodir etilgan.

 

“Vaziyat Olmaliq shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan to‘liq nazoratga olinib, tarbiyachining xatti-harakatlarini baholab, qonuniy chora ko‘rishi yuzasidan Olmaliq shahar IIBga murojaat qilindi. Ayni damda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi tomonidan bolaning sog‘lig‘i o‘rganilmoqda. Hozirda voyaga yetmagan S.A. chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishga yo‘naltirildi. Qolaversa, markaz tomonidan psixologik hamda boshqa ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi”, — deyiladi xabarda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры