Ota-onalar oʻqituvchining dars oʻtish jarayonini kamera orqali kuzatishi mumkinmi?

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 31-avgust kungi 282-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga koʻra, oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari taʼlim muassasasidagi dars jarayoniga aralashishi mumkin emas.

 

 

Ota-onalar tomonidan sinf xonalariga kamera oʻrnatilib, dars jarayonini kuzatib borish ham dars jarayoniga aralashish hisoblanadi.

 

 

Shuningdek, ushbu harakatlar qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa normalarga ham toʻgʻri kelmaydi.

 

 

Davlat umumtaʼlim muassasalariga nazorat kameralarini oʻrnatish “Xavfsiz maktab” loyihasi doirasida amalga oshirilib kelinmoqda.

 

 

Bunda sinf xonalarga ham kuzatuv kameralari oʻrnatilganligiga guvoh boʻlishimiz mumkin. Yaʼni, “Xavfsiz maktab” loyihasi doirasida sinf xonasiga ham kuzatuv kameralari oʻrnatish mumkindir, ammo kamera tasvirga olgan lavhalar jamoatchilikka taqdim etilmasligi lozim.

 

 

Pedagog xodimlarning xohishiga zid ravishda ular tomonidan oʻtilayotgan dars jarayoni videotasvirga yozib olinib, ularning ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas deb hisoblaymiz.

 

 

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 197-5-moddasiga koʻra taʼlim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilarning bilimini toʻgʻri va xolis baholashiga taʼsir koʻrsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

 

Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, – fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

 

 

XalqTa’limInfo manbasidan

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры