“O‘zenergoinspeksiya” ning ma’lum qilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament, inspeksiya va IIB hamkorligida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati Bekobod tumanida joylashgan “S.D.” MCHJ rahbari A.G. “G.F.” xususiy MTM binosida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz va elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, jami 1 mlrd 83 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanib kelganligi ma‘lum bo‘lgan.
Shu kabi holat Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Oqdaryo tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahrida “A.S.”, “O.O.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari va boshqalar elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan suv nasoslari va elektr jihozlarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 439,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilayotganligi ma’lum qilingan.