Toshkentda o‘g‘il bolaga qiz bola kiyimini kiydirib, sahna ko‘rinishi tashkillashtirgan tarbiyachi ishdan olindi
2022-yilda sodir bo’lgan ushbu holatdan bolaning otasi xabar topgan va farzandining buzilgan huquqlari tiklanishida yordam so‘rab, Bolalar ombudsmaniga murojaat yo‘llagan. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijasida sahna ko‘rinishini tashkillashtirgan tarbiyachi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Yunusobod tumanida o‘g‘il bola tarbiyalanuvchiga qiz bola kiyimini kiydirib, sahna ko‘rinishi tashkillashtirgan bog‘cha tarbiyachisi ishdan olindi. […]