Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 17 yoshli yigit litsenziyasiz kriptovalyuta operatsiyalari oʻtkazgani uchun hibsga olindi.
Buxoro viloyati IIB tezkor qidiruv xizmati kiberxavfsizlik boʻlimi xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv natijasida, 17 yoshli yigitning litsenziya olmasdan 34 milliard soʻmlik kriptoaktivlarni sotib olish, oʻtkazish va almashtirish bilan shugʻullangani aniqlangan.
Hozirgi vaqtda o’smir hibsga olingan boʻlib, unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan uning kriptovalyutadan topgan barcha mablagʻlari musodara qilingan.
Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.