Konstitutsiya haqida 10 ta fakt

Konstitutsiya – davlatning asosiy hujjati bo‘lib, davlat boshqaruvi, hukumat organlari faoliyatining tartibi va tamoyillari, davlat, jamiyat, fuqarolarning huquq hamda majburiyatlari u bilan belgilanadi.

 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasiga ko’ra, har kim ta’lim olish huquqiga.

 

Har kim ta’lim olish huquqiga ega. 

Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.

Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.

Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.

 

Eslatib oʻtamiz, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023-yilning 1-maydan e’tiboran kuchga kirgan. U 6 boʻlim, 27 bob va 155 moddadan iborat.

 

Konstitutsiya haqidagi 10 ta qiziqarli fakt

 

– Eng qadimgi Konstitutsiya 1792 yili Polshada qabul qilingan.

 

– Yaponiya Konstitutsiyasi — 1947-yildan buyon kuchda bo‘lgan bu hujjat mamlakatni urushdan voz kechishga majbur qilgan dunyodagi yagona konstitutsiyadir.

 

– 2004-yilda Yevropa Ittifoqi Konstitutsiyasi qabul qilingan bo’lib, u 20 ta tilga tarjima qilingan. Bu hujjat dunyodagi eng keng qamrovli hujjatga aylangan. Ammo u Yevropa mamlakatlari umummilliy referendumida yetarli ovoz to‘play olmagan.

 

– Isroilda yagona Konstitutsiya o‘rniga asosiy qonunlar to‘plami amal qiladi. Chunki mamlakat diniy va dunyoviy qonunlar o‘rtasidagi ziddiyatni bir hujjat doirasida hal etish uchun juda katta.

 

– Hindiston Konstitutsiyasi 1950 yilda qabul qilingan. U hajmi bo‘yicha dunyodagi eng katta Asosiy Qonun hisoblanadi.

 

– Yaponiya Konstitutsiyasining uch asosiy tamoyili bor:

  1. xalq suvereniteti;
  2. insonning asosiy huquqlarini hurmat qilish;
  3. patsifizm (millatning suveren huquqi sifatida urushdan voz kechish).

 

– AQSh Konstitutsiyasida “demokratiya” so‘zi yodga olinmagan. Bundan tashqari, ushbu hujjat rekord darajada qisqa bo‘lib, 4,4 mingta so‘zdan iborat.

 

– Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi postsovet mintaqasida birinchi bo‘lib qabul qilingan.

 

Ekvador tabiat huquqini Konstitutsiya bilan mustahkamlagan dunyodagi ilk mamlakatga aylangan.

 

Malta Konstitutsiyasi o‘z mamlakatini neytral, tinchlik sari intiluvchi sifatida belgilaydi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры