Rajabov Sherzod Umurzoqovich — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Pedagogik innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
Sherzod Rajabov — Toshkent moliya institutida bakalavr va magistraturani tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Toshkent moliya institutida o‘qituvchi, Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, shuningdek, Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti rektori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti rektor maslahatchisi lavozimida faoliyatini davom ettirgan.