Oksford inglizcha lugʻati talqiniga koʻra, “brain rot” (“miya chirishi”) iborasi yakuniga yetayotgan 2024-yilning asosiy soʻziga aylandi. Oxford University Press maʼlumotiga koʻra, onlayn ovoz berishda 37 mingdan ortiq odam qatnashdi.
“Til boʻyicha mutaxassislarimiz 2024-yil davomida shakllangan his-tuygʻular va suhbatlarni aks ettiruvchi oltita soʻzdan iborat roʻyxat tuzdilar. Ikki haftalik ommaviy ovoz berish va keng koʻlamli muhokamadan soʻng mutaxassislarimiz jamoatchilik fikri, ovoz berish natijalari va til maʼlumotlarini koʻrib chiqish uchun yigʻilishdi va «miya chirishi”ni 2024-yilning asosiy soʻzi deb eʼlon qilishdi», — deyiladi xabarda.
Oksford lugʻati belgilagan atama (“brain rot” — soʻzma-soʻz “miya chirishi”) inson aqliy yoki intellektual holatining, birinchi navbatda ahamiyatsiz deb hisoblangan yoki hech qanday kuch talab qilmaydigan materiallarni (hozirgi kunda, ayniqsa, saviyasi past onlayn kontent) haddan tashqari isteʼmol qilish oqibatida yomonlashuvini anglatadi.