O‘qituvchilardan oylik hisobotlarni talab qilishi huquqiy asosga egami?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 20 – dekabrdagi 565-sonli buyrug‘iga 37-ilovada tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan muassasalar) xodimlarining lavozim majburiyatlarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining lavozim majburiyatlari qatorida quyidagilar:

 

–pedagogik xodimga belgilangan ish yuklamasini, jumladan, o‘quv jarayoni, o‘quv jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;

 

–o‘qituvchilar faoliyatining yillik, choraklik va oylik rejalarini tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish, o‘qituvchilar faoliyatining tasdiqlangan rejalariga mos ravishda ish vaqti hisobini olib borish belgilangan.

 

Mana shu qoidaga ko‘ra O‘IBDO‘ oylik hisobotlarni so‘rashi huquqiy asosga ega.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры