Xabaringiz bor, 2024-yilning 29-oktyabridan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun oʻquv fanlaridan malaka (test) sinovlari oʻtkazib kelinmoqda.
Attestatsiya jarayonlari boʻlayotgani sababli koʻp ustozlar ozgina ball yetmasdan oʻtolmayotganlari sari firibgarlik avj olib, “Attestatsiyadan oʻtolmaganlar menga yozing” yoki “Lichkamga murojaat qiling, yordam beraman” deb oʻqituvchilardan pul olayotganlar ko’paygani aytilmoqda. Shundan kelib chiqib, pedagoglar ogoh boʻlishlari so’raladi.
Attestatsiya jarayonlari boʻlayotgani sababli koʻp ustozlar ozgina ball yetmasdan oʻtolmayotganlari sari firibgarlik avj olyapti. “Attestatsiyadan oʻtolmaganlar menga yozing” yoki “Lichkamga murojaat qiling, yordam beraman” deb oʻqituvchilardan pul olayotganlar ko’paymoqda. Pedagoglar ogoh boʻlishga kanallaringizda chaqirsalaring. Ustozlar oʻta sodda boʻlishib, aldanib qolishyapti ekan. Ona tili ustozlari kanali admini sifatida lichkamga yordam soʻrab yozishgani uchun sizlardan shunday holatni oldini olishga yordam soʻrab yozdim. Amaliy yordam boʻluvchi eʼlon yozinglar. Aldanib qolishmasin. (Fargʻona shahridagi 3 maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi)”.