Abituriyentlarga 2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga qanday ball beriladi?

Vazirlar Mahkamasining tegishli (2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son) qaroriga asosan, abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan.

 

Bunda 2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):

 

–  sertifikat bali86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

 

–  sertifikat bali 60 balldan 86 ballgachabo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

 

 

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

 

2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq):

 

–  A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

 

–  B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

 

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры