O‘zbekistonlik 9-sinf o‘quvchisi Afruza Hamdamova ikki karra jahon chempioniga aylandi

Samarqand shahridagi 42-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Afruza Hamdamova ikki karra jahon chempioni bo‘ldi. Braziliyada o‘tkazilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi FIDE jahon chempionatining 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar bahslarida u muddatidan oldin g‘alaba qozondi.

 

Afruza 10 ta partiyada 9,5 ochko (9 g‘alaba va 1 durang) to‘plab, so‘nggi tur natijasidan qat’iy nazar, raqiblarini ortda qoldirdi.

 

Shuningdek, Afruza o‘tgan yili FIDE jahon chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida ham muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritib, O‘zbekistonda jahon chempioniga aylangan ilk ayol shaxmatchi bo‘lgandi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры