Mohira Boltayeva tayyorlagan oʻquvchilari nufuzli xalqaro olimpiadalarida gʻoliblikni qo’lga kiritgani tufayli 400 million so’mga ega bo’ldi.
2019-yil Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush medalini qo’lga kiritgan. Hozirda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Xalqaro olimpiadalarga o’quvchilar tayyorlab kelmoqda.
Bundan tashqari, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova izoh berdi:
“Mohira Boltayeva hozirda 23 yoshda. U tayyorlagan oʻquvchilarning 10 ga yaqini mintaqaviy, 3 nafari nufuzli xalqaro olimpiadalarda gʻalabalarga erishdi va u bugun uyiga 400 million soʻmga yaqin mablagʻ bilan qaytadi. Jamoamizda Mohira kabi oʻqituvchilar borligidan gʻururlanaman”.
U tayyorlagan oʻquvchilarning 10 ga yaqini mintaqaviy, 3 nafari nufuzli xalqaro olimpiadalarda gʻalabalarga erishgan.
“O’quvchi bilan ishlashda men doim ularni ro’parasida emas, balki yonida bo’lishga harakat qilaman. Ya’ni o’zim yosh bo’lganim uchun va mana shu bolalar o’tayotgan bosqichdan men ham o’tganim uchun ularni nima his qilishini, qanaqa holatda bo’lishini juda yaxshi bilaman. Men maksimal darajada ham ruhan ham aqlan olimpiadalarga tayyorlashga harakat qilaman”, — deydi Mohira Boltayeva.
58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi bronza medali sohibi Elyorbek Adhamov:
“Tushkunlikka tushib qolganimizda ustozimiz ichimizdan kuch topishimizga, qaytadan oyoqqa turishimizga va o’z ustimizda ishlashimizga ko’maklashadilar”, — deydi u.