Maktabda fohishaxona tashkil etgan qorovulga bir yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan

Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi Nodirabegim ko’chasida joylashgan 38-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabi (IDUM) da ishlayotgan qorovul bir yilga ozodlikdan mahkum qilingan.

 

Bunga sabab, g’arazli niyatlarda fohishaxona tashkil etish jinoyatini sodir qilganligi bo’lgan.

 

 

2024-yil 16-iyul kuni soat taxminan 21:00 da Shofirkon tuman IIB JQB xodimlari tomonidan o’tkazilgan “Shofirkon tuman hududida fohishaxona saqlash borasidagi holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish” tadbiri davomida o’zi ishlab kelayotgan Shofirkon tumani “Shodlik” MFY Nodirabegim ko’chasida joylashgan Shofirkon tuman 38-sonli IDUM sport zalining xonalarining birini g’arazli va past niyatlarda, moddiy manfaatdor bo’lish maqsadida “shartli mijoz” dan 60.000 so’m naqd pullarini olib, fohishaxona tashkil etganligi aniqlangan.

 

 

U O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilgan. Shuningdek, unga Buxoro viloyati hududidan chiqmaslik, “Jo’sho’ra” MFY, Savrak qishlog’idagi yashash uyini kech soat 22:00 dan ertalab soat 6:00 ga qadar tark etishni ta’qiqlashdan iborat bo’lgan bir yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

 

 

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры