Uyni talabalarga ijaraga berganlardan soliq undirilmaydi

Uyni talabalarga ijaraga berganlardan soliq undirilmaydi

Agar shaxs uyni boshqa bir shaxsga ijaraga bersa, ijara haqidan tushgan daromad soliq solinadigan daromad hisoblanadi.

 

Soliq kodeksining 375-moddasiga ko‘ra, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromad mulkiy daromadlar toifasiga kiradi va jami daromad hisobiga qo‘shilib, daromad solig‘i solish obyekti sanaladi. Shuningdek, Soliq kodeksining 381-moddasiga asosan, bu daromaddan 12 foiz soliq undiriladi.

 

Biroq, agar shaxs uyini talabaga ijaraga bersa, soliqdan ozod qilinadi. Soliq kodeksining 378-moddasi 19-bandiga ko‘ra, uy-joyni talabalarga ijaraga berishdan keladigan daromad soliqdan ozod qilingan.

 

Bu holatda, talaba Fuqarolik kodeksining 600-moddasiga asosan uy-joy ijarasi shartnomasini tuzishi talab etiladi. Mazkur shartnoma Fuqarolik kodeksining 603-moddasiga binoan davlat soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.