Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Maryam Sunnatova Chernogoriyaning Budva shahrida UNDRR (United Nations Office for Disaster Risk Reduction) tomonidan oʻtkazilgan Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy konferensiyasida ishtirok etdi.
U taʼlim maskanida eko-faol boʻlish bilan birga “Young climate champions” loyihasi yetakchisi hamdir. Mazkur loyiha iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan innovatsion gʻoyalar, chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Bundan tashqari, u 2024-2025 o’quv yili uchun “Qizlar ovozi” klubi sardorligi uchun o’tkazilgan saylovda eng yuqori ovoz to’plaganligi aniqlangan. Natijada, Buxoro shahridagi Prezident maktabi “QIZLAR OVOZI” klubi sardori etib tayinlangan.
Ma’lumot oʻrnida, Maryam Sunnatova Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy konferensiyasida UNICEF tashkilotining mamkakatimizdagi vakolatxonasi tomonidan tavsiya qilingan oʻzbekistonlik nomzod sifatida ishtirok etgan.