Noqonuniy psixologik yordam ko‘rsatganlik uchun javobgarlik belgilandi

Endilikda psixologik yordam ko‘rsatish bilan faqat psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega shaxslargina shug‘ullana oladi. Mazkur qonun internet orqali turli psixologik trening o’tkazadigan shaxslarga ham taalluqli bo’ladi. Bu bo‘yicha qonun prezident tomonidan imzolandi.

 

 

Agar psixologik yordam bunday huquqqa ega boʻlmagan shaxs tomonidan koʻrsatilsa yoxud aholiga psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etilmasa, quyidagicha jazo chorasi qo’llanishi mumkin:

 

–  fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha;

–  mansabdor shaxslarga 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima.

 

 

Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etilsa:

 

–  fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha;

–  mansabdor shaxslarga 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima tayinlanadi.

 

 

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

 

Xususiy tartibda psixologik yordam koʻrsatish bo’yicha faoliyat bilan shugʻullanishga Oʻzbekiston Respublikasida ruxsatdan oʻtgan psixologlarning jamoat birlashmasi tomonidan malaka sertifikati berilgan psixologlarga ruxsat etiladi. Bunda talabgor Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritatgan faqat bitta psixologlarning jamoat birlamchisidan malaka sertifikatini olishi mumkin.

 

Psixologik yordam koʻrsatish xuquqiga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan yuz xizmatlarini reklama qilishda ikki firma nomida “psixolog” degan soʻzdan, shuningdek unga yaxshi boʻlgan boshqa soʻzidan foydalanish taqiqlanadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры