Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi 3-umumta’lim maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Billura Zayniyeva malaka test sinovlarida ishtirok etib, 98 ball bilan oliy malaka toifasiga ega bo‘ldi.
Bundan oldin ham Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi attestatsiya sinovidan 96 ball, Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi 23-umumta‘lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Sokina Murodova attestatsiyasida 92 ball va Gʻijduvon tuman 6-umum taʼlim maktabi Boshlangʻich taʼlim fani oʻqituvchisi Yarasheva Umida Orziboyevna qizi 94 ball olgani haqida xabar bergan edik.