Xorazmda 5-sinf oʻquvchilari maktab derazalarini taʼmirlamoqchi boʻlishgani aytilmoqda

 

2024-yil 1-noyabr kuni Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanidagi 19-sonli maktab oʻquvchilari kuz-qish mavsumi uchun maktab derazalariga sellofan qoqib, oʻzlari taʼmirlayotgani aytilgan.

 

Holat ishchi guruh tomonidan oʻrganilib, Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bergan.

 

«Xabaringiz bor, bugun ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanidagi 19-sonli maktab oʻquvchilari kuz-qish mavsumi uchun maktab derazalariga sellofan qoqib, oʻzlari taʼmirlayotgani aks etgan videolavha tarqatildi. Holat Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan oʻrganilib, quyidagilar aniqlandi.

 

Mazkur holat boʻyicha videolavhadagi oʻquvchilar, ularning sinf rahbari hamda ishchi xodimlar bilan suhbatlashildi.

 

Suhbat davomida ushbu voqea joriy yil 1-noyabr kuni sodir boʻlganligi, maktabning yogʻoch deraza oynalari romlarini sellofan bilan qoplash ishlarini aslida maktabning xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari ishchi xizmatchilar bilan birgalikda bajarganligi, ular tushlikka ketgan vaqtida esa shu maktabning 5-sinf oʻquvchilari J.J, A.S va A.Z lar dastgohning ustiga chiqib deraza romiga plyonka qoqishga harakat qilganliklari va bu holat yana bir oʻquvchi tomonidan tasvirga olinganligi maʼlum boʻldi.

 

Ishchi guruh tomonidan maktab direktoriga oʻquvchilarning xavfsizligi taʼminlashi, kelgusida ular bilan bogʻliq noxush holatlarning oldini olish maqsadida maktabda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini qattiq nazoratga olishi lozimligi yuzasidan ogohlantirildi», — deyilgan xabarda.

 

 

Eslatib oʻtamiz, bundan bir yil muqaddam, 2023-yilning oktyabr oyida aynan shu maktabning 9-sinf oʻquvchilari sholi dalasida ishlatilgan edi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры