Namangan shahrida 9-sinf o‘quvchisi ijaraga mashina olib minib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Voqea 2024-yil 2-noyabr kuni soat 10:00 larda sodir bo‘lgan. Namangan shahar Davlatobod tumanidagi xususiy maktablardan birining 9-sinf o‘quvchisi Gentra mashinasini ijaraga olib katta tezlikda boshqargan.
Oqibatda, mashina boshqaruvni yo‘qotib aylanib ketgan va yo‘l chetiga o‘rnatilgan yo‘l belgisiga borib urilgan.
Dastlab o‘quvchi avvaliga mashina akasiga tegishli ekanini aytgan. Ammo surishtiruvlar davomida mashina boshqa shaxsga tegishli ekani, uni ikki soatga 150 ming so‘mga ijaraga olgani aniqlangan.
Mashinada o‘quvchi sinfdoshi bilan bo‘lgan. Avtohalokatda hech kim jarohatlanmagan va halok bo‘lmagan.
Avvalroq, 2 oktyabr kuni Namanganda 5 nafar o‘quvchi Gentra mashinasini ijaraga olib boshqarayotib YTH sodir etgandi. Natijada ularning bir voqea joyida, yana ikki nafari shifoxonada vafot etgan.