Norvegiya hukumati bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlamoqda

Norvegiya hukumati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun qat’iy yosh cheklovini joriy etishni rejalashtirmoqda. Endi ulardan 15 yoshdan kichik bolalar foydalana olmaydi.

 

Mamlakat Bosh vaziri Yonas Gar Styorening aytishicha, siyosatchilar bolalarni ijtimoiy tarmoqlardagi zararli kontentdan va algoritmlar hukmronligidan himoya qilish uchun bunga aralashishlari zarur. Skandinaviya davlatida allaqachon minimal yosh chegarasi mavjud — 13 yosh. Shunga qaramay, o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, to‘qqiz yoshli bolalarning yarmidan ko‘pi, 10 yoshlilarning 58 foizi va 11 yoshlilarning 72 foizi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqda.

 

Ma’lumot o’rnida, Norvegiya ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha yosh chegarasini o‘rnatayotgan birinchi davlat emas, jumladan, sentyabr oyida Avstraliya hukumati bolalarni onlayn tahdidlardan himoya qilish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlayotganini e’lon qilgandi. Mamlakatda bolaga internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat beriladigan minimal yosh belgilanishi mumkin.

 

Bunday yosh hali aniqlanmagan. Bosh vazir Entoni Albanezening so‘zlariga ko‘ra, hukumat 14−16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning Instagram va TikTok’dan foydalanishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda, uning o‘zi esa minimal yoshni 16 yosh qilib belgilashni ma’qul ko‘radi.

 

Fransiyada bo‘lsa, 15 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun maktabda mobil telefonlarni taqiqlash sinovdan o‘tkazilmoqda. Muvaffaqiyatli bo‘lsa, u yanvar oyidan boshlab butun mamlakat bo‘ylab joriy etilishi mumkin.

 

2015 yil oxirida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida shunga o‘xshash taqiqni joriy etishga harakat qilishgan, biroq internetda voyaga yetmaganlarning huquqlari cheklangani haqidagi shikoyatlar tufayli loyiha qabul qilinmay qolgandi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры