Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 17.10.2024-yildagi “2024-2025-oʻquv yilida bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumtaʼlim maktablarida I chorak yakuni boʻyicha summativ baholash sinovlarini oʻtkazish hamda II chorak summativ baholash sinovlarini moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi 339-sonli buyrugʻiga asosan:
– Baholash jarayonlari o’tkazilishi belgilangan maktablarning 5-11-sinf o’quvchilari o’rtasida 2024-2025-o’quv yilida I chorak yakuni bo’yicha tanlab olingan fanlar kesimida choraklik summativ baholash sinovlari (keyingi o’rinlarda — ChSB sinovlari) markazlashgan holda 2024-yil 21-28-oktyabr kunlari tajriba-sinov tariqasida tanlab olingan 168 ta umumta’lim maktablarida onlayn shaklda, 26-29-noyabr kunlari 582 ta hamda 2024-yil 31-oktyabr va 2-noyabr kunlari 750 ta umumta’lim maktablarida hamda an’anaviy shaklda o’tkazilishi;
– An’anaviy shaklda o’tkazilishi belgilangan 1332 ta umumta’lim maktablar uchun ishlab chiqilgan ChSB sinov materiallari 750 ta maktab uchun vazirlik buyurtmasiga asosan noshirlik nashriyotlarida 582 ta maktab uchun hududiy boshqarmalarga ajratilgan printer qurilmalarida chop etilishi inobatga olinishi belgilangan.
Bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablarda I chorak yakuni boʻyicha summativ baholash sinovlarini oʻtkazish va muvofiqlashtirish boʻyicha quyidagi ro’yxatlar ishlab chiqilgan:
– ishchi guruh tarkibi;
– oʻtkaziladigan fanlar ro’yxati;
– onlayn oʻtkaziladigan umumtaʼlim maktablar ro’yxati;
– anʼanaviy shaklda oʻtkaziladigan umumtaʼlim maktablar ro’yxati;
– Bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan 582 ta umumtaʼlim maktablarida 1- va 2-choraklar ChSB materiallari va oʻquvchilar javob varaqalarini chop etish uchun zarur boʻlgan qogʻoz mahsulotlari miqdori.