O‘quvchilarni kaltaklagan maktab direktori ishdan bo‘shatildi

2024-yil 1-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda maktab direktori o’quvchilarni kaltaklagani tasvirlangan video tarqaldgandi.  Unda Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumani Qoraqalpoq mahallasida joylashgan 38-maktab direktori boshchiligida yosh avlod bilan ishlash jarayoni aks etgan.

 

Maktab direktori o’quvchilarni kaltaklagani uchun egallab turgan lavozimidan olingan. Bu haqda Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi ma’lumot berdi.

 

Ma’lumotlarga ko’ra, Oltinko’l tumani 38-umumta’lim maktabi 1954-yilda qurilib, 2006-yilda joriy ta’mirdan chiqarilgan. Bugungi kunda 370 o‘ringa mo’ljallangan ta’lim muassasasida 475 nafar o’quvchilar, 39 nafar pedagoglar faoliyat yuritadi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘lgan holat joriy yilning 30-oktyabr kuni 14:30lar chamasida maktab sinfxonasida sodir bo‘lib, unda maktab sinfxonasida pirotexnika vositalaridan foydalangan bir guruh o’quvchi-yoshlarni tartibga chaqirish jarayonidagi maktab direktori M.Mning xatti-harakatlari tasvirga olingan.

 

Mazkur holatda maktab direktori M.M o‘quvchilarga nisbatan pedagogik etika qoidalari doirasida munosabatda bo‘lmaganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etilib, hozirda hujjatlar rasmiylashtirilayotganligini ma’lum qilingan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры