Prezidentning tegishli qarori bilan Karimov Sherzod Abdurasulovich maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Sherzod Karimov 2024-yil 28-fevraldan bugungacha Vazirlar Mahkamasi “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti Yoshlar siyosati, maktabgacha va maktab taʼlimi, sogʻliqni saqlash va maʼnaviyat masalalari boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlayotgan edi.
U shuningdek, 2006-2012-yillarda xalq taʼlimi tizimida, 2012-2018-yillarda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida ishlagan.
2018-2024-yillarda Vazirlar Mahkamasi taʼlim, ijtimoiy rivojlanish masalalari departamenti, kotibiyati boʻlimida yetakchi, bosh mutaxassis, shoʻba mudiri, kotibiyati mudirining oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.