2023-yil 27-iyunda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 190-sonli buyrug‘iga asosan, ta’lim muassasasidan tashqaridagi, jumladan ta’til kunlaridagi o‘quvchilar xulqi uchun qonunchilikka binoan ota-onalar javob beradi. Bunday holatlarda sinf rahbarlari yoki direktor o‘rinbosarlari mas’uliyatga tortilmaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Oila kodeksi”ning 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashda mas’ul ekanliklari ko‘rsatilgan bo‘lib, ularning salomatligi, ma’naviy va axloqiy rivojlanishi uchun ota-onalar zimmasida alohida mas’uliyat mavjud.