Ish haqini hisoblashda ish staji inobatga olinadimi?

Ish haqini hisoblashda xodimning ish staji hisobga olinmaydi. Aksincha, uning ma’lumoti, toifasi hisobga olinadi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga 3-ilovada “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi nizom 3-bandiga ko‘ra Xalq ta’limi xodimlarining lavozim maoshlari:

 

–xalq ta’limi muassasalarining pedagog xodimlari va rahbar xodimlarining har bir lavozimi va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari;

 

–xodimlarga qonunchilikda belgilangan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar asosida shakllantiriladi.

 

Bunda “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 3271) o‘qituvchiga biriktirilgan dars soatlari asosida bir stavka uchun belgilangan bazaviy tarif stavkadan kelib chiqib aniqlanadigan miqdor – o‘qituvchining tarif stavkasi hisoblanadi.

 

Ya’ni o‘qituvchilarga haq to‘lashda bazaviy tarif stavkasi asosida (bunda 1 stavka dars uchun me’yor belgilanadi) o‘qituvchining yuqoridagi nizom asosida tarifikatsiya qilingan dars soatlari va pedagogik yuklamasining qo‘shilmasidan aniqlangan miqdor bo‘yicha o‘qituvchining tarif stavkasi ishlab chiqiladi va shu miqdor asosida ish haqi to‘lanadi.

 

Yuqoridagi (275-son) nizomga ko‘ra talabgor OTMni tamomlab diplom olmagunicha o‘rta maxsus xodim sifatida haq to‘lanadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры