Huquqshunos bo’lmoqchi abituriyentlar test topshiradigan adabiyotlar e’lon qilindi (kodeks va qonunlar ham bor)

Joriy yilgi OTMlarga qabul imtihonlarida huquqshunoslik fanlariga oid testlarning darsliklarda mavjud bo’lmagan ma’lumotlardan, xususan, Kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligidan abituriyentlar norozilik bildirgan edi.

 

 

Jumladan, davlat ramzlari to’g’risidagi qonunlar (bayroq qachon ko’tarilishi, madhiya soat nechida aytilishi va hk), davlat byudjeti to’g’risidagi qonun va  Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodekslarda qaysidir qilmishga qanaqa jazo nazarda tutilgan degan savollar ham tushganligi keng muhokamalarga sabab bo’lgan.

 

 

Shuningdek, advokat Muhriddin Shamsiddinovning ma’lum qilishicha, yuqoridagi holatdan norozi bo‘lgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga bergan edi.

 

 

Bilimni baholash agentligi 2025–2026 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda qo‘llanadigan test topshiriqlari shakllantiriladigan o‘quv dasturlari e’lon qildi.

 

 

Ushbu o’quv dasturlarida, xususan, huquqshunoslik fanidan eʼlon qilingan qonunchilik hujjatlari roʻyxatiga alohida qilib bir qator qonun, kodeks va protsessual kodekslar kiritilgan.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры