Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘quvchilar igna sanchish bilan jazolanayotgani aytilmoqda” mazmunidagi xabar tarqaldi.
Xabarda keltirilishicha, Sirdaryodagi 27-sonli maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qo‘llariga igna sanchish orqali jazolanayotgani aytilgan.
Aniqlanishicha, joriy yilning 14-oktyabr kuni Andijon viloyati, Andijon tumanida yashovchi fuqaro E.S. (erkak) IIB ga murojaat qilib, Sirdaryo tumanidagi 27-sonli maktabda 1-sinfda tahsil olayotgan qizi Gʻ.O. (2017-yilda tug’ilgan) ni o‘qituvchisi A.G. (ayol) qo‘liga igna tiqqanligi va xojatxonaga chiqarmasdan ruhiy tazyiq o‘tkazganligini bildirgan.
Bololar ombudsman matbuot xizmatining xabar qilishicha, hozirda tuman IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jarohat darajasini aniqlash uchun voyaga yetmagan Gʻ.O. ga nisbatan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.