Talabaga akademik ta’til qonun hujjatlarida belgilangan holatlardagina beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021-yildagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra quyidagi holatlarda:
– harbiy xizmatni o‘tash uchun;
– salomatligini tiklash uchun;
– homiladorlik va tug‘ish uchun;
– bolalarni parvarish qilish uchun akademik ta’til beriladi.
Ushbu nizom 3-bandiga ko‘ra akademik ta’til yuqoridagi asoslardan biri mavjud bo‘lganda o‘quv yilining har qanday qismida beriladi.
Shunday ekan talabadagi holat yuqoridagi bandlarga to‘g‘ri kelsa unga 1-semestrda bo‘lsa ham akademik ta’til berish mumkin. Bu masalada talaba tuman adliya bo‘limiga murojaat qilishi mumkin.