Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.

 

Unga ko’ra, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi.

 

Markazning asosiy faoliyat yo’nalishlaridan biri qobiliyatli hamda fanlarni chuqur o’rganishga qiziqadigan yoshlarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi iqtidorni yanada rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat.

 

2025-yildan Markaz tomonidan:

 

–  5–8-sinf o’quvchilari o’rtasida olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli o’quvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yo’lga qo’yiladi;

 

–  har bir fan yo’nalishi bo’yicha o’quv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalar, qo’llanmalar va jurnallar yaratilib boriladi;

 

–  o’quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlovchi trener-o’qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi, ularga yangi metodikalar o’rgatib boriladi;

 

–  fan olimpiadalari bo’yicha milliy terma jamoalarning xorijiy davlatlar terma jamoalari bilan qo’shma yig’inlar o’tkazish amaliyoti yo’lga qo’yiladi;

 

–  o’quvchilar uchun xalqaro olimpiadalarda ruhiy bosimni yengish bo’yicha seminarlar hamda motivatsion treninglar tashkil qilinadi;

 

–  iqtidorli yoshlar uchun “intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.

 

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

 

– nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarini jamoaning natijasiga qarab ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi;

 

– terma jamoalar rahbari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

 

– asosiy olimpiadalarning hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar, ularning oʻqituvchilari va terma jamoa rahbarlariga toʻlanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi;

 

– xalqaro olimpiadalarda qatnashish uchun jalb etiladigan nomzodlar oʻquv yigʻinlari davrida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul oziq-ovqat va yotoqxona bilan taʼminlanadi.

 

 

2025-yil 1-mayga qadar:

 

– asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblariga medal berish tizimi joriy etiladi.

 

 

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

 

– millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik hissini shakllantirish, madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash yoʻnalishida — Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi;

 

– matematika va informatika yoʻnalishida — Al Xorazmiy nomidagi yoshlar turkiy olimpiadasi;

 

– kimyo yoʻnalishida — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi;

 

– fizika yoʻnalishida — Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi;

 

– biologiya yoʻnalishida — Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi oʻtkazib borilishi belgilandi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры