Bolalar oldida mushukni derazadan uloqtirgan o‘qituvchi jarimaga tortildi

Toshkentdagi 62-maktab o‘qituvchisi bolalarning ko‘z o‘ngida mushukni derazadan uloqtirgan, natijada mushuk nobud bo’lgan. Sud qarori bilan o’qituvchi  375 ming so‘mga jarimaga tortildi.

 

Ekolog.uz saytining ma’lum qilishicha, Uchtepa tumanidagi 62-sonli umumta’lim maktabida joriy yilning 27-sentyabr kuni soat 17:30 lar atrofida 7-“G” sinf o’quvchilari ona tili darsiga o‘zboshimchalik bilan mushuk olib kirgan. O‘qituvchi D. X. o‘quvchilarni dars mashg’ulotlari paytida chalg‘imasliklari uchun mushukni derazadan tashlab yuborgan. Mushuk veterinar shifokor ko‘rigidan o‘tkazilganda jiddiy jarohat yetmaganligi aniqlagan.

 

Voqeadan so‘ng, maktab ma’muriyati tomonidan yig‘ilish o‘tkazilib, o‘qituvchi hamda o‘quvchilarga atrof-muhit, tabiat va jonivorlarni asrab-avaylash barchaning burchi ekanligi tushuntirilgan.

 

 

Ammo boshqarma biroz noto‘g‘ri xabar bergan maktab binosining 2-qavatidan o‘zbek tili o‘qituvchisi 7 “G” sinfda dars o‘tish jarayonida tashlab yuborilgan mushukcha jiddiy jarohatlanishi, umurtqasiga shikast yetishi natijasida vafot etgan. “Elvet” veterinar klinikasi veterinari ham “jiddiy jarohat yo‘q” degan xulosa bermagan.

 

“Toshkent shahri 62-maktab o‘qituvchisi D. X ning hayvonlarga nisbatan vahshiyona munosabati jazosiz qolishi mumkin emas. Uni pedagogik faoliyatdan chetlatish zarur. Maktab direktorining ham mazkur holatga nisbatan befarqligi, bunday o‘qituvchini yana darsga qo‘yishga ijozati tushunarsiz holat.

Holatga Toshkent shahar Uchtepa tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan huquqiy baho beriladi, degan umiddamiz”, – deyiladi Ekolog.uz sayti xabarida.

 

 

Shundan so‘ng, “Ekolog” JB zoovolontyorlari o‘qituvchini javobgarlikka tortish uchun sudga berishgan. Uchtepa tuman sudi uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekskning 111-moddasiga ko‘ra, 375 ming so‘mga jarimaga tortgan.

“Bu juda ham kam, zero D.X. nafaqat bitta jonivorning o‘limiga sabab bo‘ldi, eng yomoni bolalarning ruhiyatiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Fikrimizcha, u pedagoglik faoliyatini olib borishga loyiq emas!

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur masalani ko‘rib chiqsa yaxshi bo‘lar edi”, – deydi Ekolog.uz jurnalistlari.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры