Ilk bor O‘zbekistonning 3 ta oliy ta’lim muassasasi nufuzli reyting tashkiloti – THEning Top universitetlar ro‘yxatidan joy oldi

Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti World University Rankings-2025 TOP-1000 oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi.

 

Quvonarlisi ilk bor ushbu reytingda respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi — “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 601-800 o‘rinni, Oʻzbekiston milliy universiteti 1001-1200, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1501-o‘rinni egalladi.

 

Bundan tashqari 48 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti reportyor (da’vogar) maqomida ro‘yxatga kiritildi.

 

Qayd etish lozim, oldinroq, “QS World University Rankings-2025” reytingida O‘zbekistondagi 2 ta OTM dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 taligidan oʻrin egallagandi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры