Oʻzbekistondagi 3 ta OTM Time Higher Education reytingida TOP-1000 talikka kirishi mumkin

Ayni kunlarda Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti tomonidan “THE World Academic Summit” boʻlib oʻtmoqda.

 

“Taʼlim xabarlari”ga ma’lum bo‘lishicha, bu yilgi reytingdan Oʻzbekistondagi 3 ta oliy taʼlim muassasasi oʻrin olishi mumkin.

 

Mazkur oliy taʼlim muassasalari qatorida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) Milliy tadqiqot universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bor.

 

Qayd etish lozim, oldinroq, “QS World University Rankings-2025” reytingida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 547-oʻrin hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti 781–790-oʻrin dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 taligidan oʻrin egallagandi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры