Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qaroriga ko‘ra, barcha sertifikatlar oʻzi dars beradigan fani boʻyicha tegishli darajadagi sertifikatga ega umumtaʼlim maktablarda faoliyat yuritayotgan (shu jumladan, soatbay va oʻrindosh) pedagog xodimlarga (shu jumladan, maktab direktori va direktor oʻrinbosarlariga ham) har oylik qoʻshimcha ustama toʻlash nazarga tutilgan.
Ular:
1. Milliy sertifikat (CEFR, Multi level) – С1
2. IELTS – 7.0
3. TOEFL iBT – 95
4. TOEFL ITP – 627 (Speaking – 64)
5. Cambridge Assessment English (CAE) – 180
6. TESOL, TESL, TEFL;
7. CELTA
8. DELTA Module 1-2-3 – Pass, Pass A, Pass B
9. TKT Module 1-2-3 – Band 3-4
10. Linguaskill (01.08.2023 ga qadar olingan) – C1
11. Aptis (01.08.2023 ga qadar olingan) – C
12. iTEP (01.08.2023 ga qadar olingan) – C1
13. TOEIC (01.08.2023 ga qadar olingan) – 1305
Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy ro’yxatidan o‘tgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Home Edition, Remote testing va boshqa) onlayn olingan sertifikatlar uchun ustama to‘lanmaydi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o‘rindosh bo‘lsa ham soatbay bo‘lsa ham, barcha pedagoglar sertifikati uchun 50 foiz ustama olish huquqiga ega.