Pedagoglar uchun attestatsiya to‘lovlari muddati uzaytirildi

2024-yilning ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagogik kadrlar attestatsiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati 10-oktabrgacha uzaytirildi.

 

Eslatib o‘tamiz, attestatsiyada ishtirok etish uchun arizalar 1-avgustdan 1-oktabrgacha qabul qilindi. Biroq, ba’zi o‘qituvchilar tomonidan to‘lov qilishda kechikish holatlari kuzatilgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qilingan.

 

Pedagoglar uchun qulaylik yaratish maqsadida, o‘z ixtiyori bilan navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun to‘lov qilish muddatining 10-oktabrgacha uzaytirilgani ma’lum qilinadi. O‘qituvchilar ushbu muddat ichida to‘lovlarni amalga oshirishlari lozim.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры