Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.
Muloqot davomida Shavkat Mirziyoyev sohada amalga oshirilayotgan katta ishlar borasida ba’zi misollarni keltirdi.
“O‘tgan 7-yilda ta’limni rivojlantirishga jami 216 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun byudjetdan 19,5 trillion so‘m sarflanib, 6 mingta davlat maktabi va 3,5 mingta bog‘cha rekonstruksiya qilindi va yangidan qurildi.