Bugun, 1-kurs talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan ariza yuborishning so‘nggi kuni - Ta’lim xabarlari
Bugun, 1-kurs talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan ariza yuborishning so‘nggi kuni

24-sentyabr kuni 1-bosqich talabalar uchun ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza qabul qilish boshlangan edi. Bugun, 27-sentyabr onlayn ariza yuborishning so‘nggi kuni.

 

Arizalar vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasi orqali faqat onlayn qabul qilinadi.

 

Vazirlar Mahkamasining 605-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi belgilangan.

 

Nizomga asosan “talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan” deganda yotoqxonada turishga ehtiyoji bor, ammo joylar soni cheklanganligi bois ijarada turishi taqozo qilgan talabalar tushuniladi. Shu bois, o‘z ixtiyoriga ko‘ra ijarada turuvchilarga kompensatsiya to‘lovlari belgilanmasligi eslatib o‘tiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры