Xalq ta’limi vazirligining 206 va 393-sonli buyruqlariga ko‘ra, o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilar davomatini nazorat qilish va bu ma’lumotlarni sinf jurnaliga qayd etishdir.
Biroq, o‘quvchining sinfda qatnashishini ta’minlash ularning zimmasidagi mas’uliyat emas. O‘quvchi darsga kech qolishi yoki umuman kelmasligi holatida, o‘qituvchiga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilmaydi
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga ko‘ra, o‘quvchi uzrsiz sabablar bilan darsga kech qolsa yoki kelmasa, uning ota-onasiga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 5 baravarigacha, ya’ni 330 ming so‘mdan 1 million 650 ming so‘mgacha jarima solinishi mumkin.