Matematika va informatika yo‘nalishida tahsil olgan talabalar quyidagi faoliyat turlarida ishlashlari mumkin:
– umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda matematika va informatika fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
– o‘rta maxsus va professional ta’limda matematika va informatika fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
– turli tadbirkorlik sub’ektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida hamda boshqa muassasalarda ishlash;
– O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
– umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda akademik litsey, kasb-hunar maktablari direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
– umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.
Faoliyat obyektlari:
➖ umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
➖ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
➖ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
➖ ishlab chiqarish korxonalari laboratoriyalarida;
➖ davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida;
➖ ommaviy axborot vositalari; davlat boshqaruvi organlari; ishlab chiqarish korxonalari.