Germaniya oliygohlarida bepul ta’lim olish mumkinmi? - Ta’lim xabarlari
Germaniya oliygohlarida bepul ta’lim olish mumkinmi?

Germaniyada davlat OTMlari xorijlik talabalar uchun ham bepul. Lekin o‘qishga kirish uchun har bir OTMning o‘ziga xos talablari va til bilish darajasi mavjud.

 

Til darajasi qanday bo‘lishi kerak?

 

–Ingliz tili minimum 6,5 daraja (IELTS);

 

–Nemis tili esa kamida B2 darajada bo‘lishi kerak.

 

Agar Germaniyadagi davlat universitetlarida bakalavr darajasi uchun o‘qishni xohlasangiz, nemis tili zarur bo‘ladi. Sababi ko‘plab davlat universitetlarida bakalavriat ta’limi nemis tilida. Xususiy universitetlarda ingliz tilidagi dasturlarni istalgancha topish mumkin, biroq ularda kontrakt bor.

 

Bakalavriatdan keyingi darajalarda esa ingliz tilining o‘zi bilan ham o‘qish mumkin. Bu bosqichdagi talabalar uchun ingliz tilidagi xalqaro dasturlar yetarlicha. Til bilish darajasi Germaniyada o‘qish uchun talab qilinadigan asosiy talablardan biri. Talabgor akademik ma’lumotlarni yozma va og‘zaki darajada tushuna olishi tekshiriladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры