Pensiya yoshidagi pedagoglarga haftasiga necha soat dars berilishi kerak? - Ta’lim xabarlari
Pensiya yoshidagi pedagoglarga haftasiga necha soat dars berilishi kerak?

Pensiya yoshidagi o‘qituvchilarga haftasiga qancha dars beriladi? Ma‘lum chegara bormi? 

 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 4-moddasida har kim mehnat huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda teng imkoniyatlarga ega ekanligi qayd etilgan.

 

Shuningdek, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamstirish taqiqlangan bo‘lib, jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, yashash joyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik sifati va mehnati natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jihatlarga qarab mehnat va mashg‘ulotlar sohasida biror-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar belgilash, xuddi shuningdek biror-bir imtiyozlar berish kamstirish hisoblanishi alohida qayd etilgan.

 

Jumladan, dars taqsimotida o‘qituvchining yoshi rol o‘ynamaydi. Bunda o‘qituvchining ta’lim sifatiga hamda u erishgan natijalariga e’tibor qaratiladi. Har qanday holatda ham o‘qituvchilarga dars soatlari “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifkatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida” nizom bilan belgilab berilgan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi.

 

O‘qituvchi pensioner ekan, unga kamroq dars berilishi kerak degan qoida yo‘q. Lekin pensioner xodimning hech qanday yutuqlari bo‘lmasa, u dars beradigan sinfning ta’lim sifati past bo‘lsa, yetarlicha ko‘rsatgichlari mavjud bo‘lmasa bu vaziyatda o‘z fanining mutaxassisi, bir qancha natijalarga erishib, malaka toifasiga ega bo‘lgan xodimga ko‘proq dars soatlari berish mumkin.

 

Aksincha xodim pensioner bo‘lishiga qaramay bir qancha yutuq hamda malaka toifasiga ega bo‘lsa, u holda nafaqaga yoshidagi o‘qituvchiga ko‘proq dars berish mumkin.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры